Oʻzbekiston Davlat musiqali komediya teatri asoschisi Grigoriy Spektor vafot etdi
Foto: Madaniyat vazirligi
Teatr rejissyori, Oʻzbekiston Davlat musiqali komediya teatri (operetta) asoschilaridan biri, Rossiya Federatsiyasining sanʼat arbobi Grigoriy Spektor 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Grigoriy Spektor – betakror rejissyorlik mahoratiga ega boʻlgan isteʼdodli sanʼatkor edi. U ijodiy faoliyati davomida 110 dan ortiq dramatik va opera spektakllarini sahnalashtirgan.
“U oʻz ijodi bilan Oʻzbekiston Davlat musiqali komediya teatri (operetta)ning tarixida yorqin sahifalar qoʻshganligi hamda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, deya Grigoriy Spektorning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan Madaniyat vazirligi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring