O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga oshirmoqchi

03:28 18 Avgust 2024 Siyosat
527 0

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 17 avgust kuni Qobulga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Afg‘oniston tomonidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul Gʻani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy ishtirok etdi.  

O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Afg‘onistonning muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va o‘zaro maqbul muloqotni yo‘lga qo‘ygan.

Uchrashuvlarda shu tamoyillar asosida Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, hududlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

O‘zaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan.

Bunda ikki tomonlama investisiyalarni himoya qilish va imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki ekani aytilgan. O‘zaro manfaatli muloqotni muntazam davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilib, uchrashuv so‘nggida qator hujjatlar imzolangan. Biroq qanday hujjatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер