“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
Davlat dasturi loyihasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yoʻnalishi kesimida 2024-yil uchun amaliy chora-tadbirlar (295 ta) va normativ-huquqiy hujjatlar (117 ta) roʻyxatlari belgilanmoqda.
Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
— 2024-yil 1-martdan mahalla, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamgʻarmasi 600 million soʻm miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) musobaqasi, kibersport va “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkil etiladi;
— oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi;
— 2024-yil 1-maydan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun majburiy toʻlovlar va yigʻimlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi.
Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d...
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring