“Oʻzatom” bosh direktori Bryusselda muzokaralar oʻtkazdi
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzatom” agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining oʻzaro bogʻliqlik masalalari boʻyicha elchisi Romana Vlaxutin bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi huzuridagi missiyasi bergan maʼlumotiga koʻra, uchrashuvda tomonlar mamlakatimiz energetika sohasidagi islohotlar jarayonini batafsil muhokama qildi. Romana Vlaxutinning taʼkidlashicha, YEI ushbu sohadagi oʻzgarishlar dinamikasini qoʻllab-quvvatlaydi.
Muzokaralar yakuni boʻyicha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyaviy-grant yordami boʻyicha loyiha takliflari toʻplami shakllantirildi. U oʻz ichiga Oʻzbekiston energetika sohasining kadrlar salohiyatini mustahkamlash, mamlakatimizga yetakchi yevropalik mutaxassislarni yoʻllash, taʼlim sohasida birgalikda tadbirlarni amalga oshirish kabi yoʻnalishlarni qamrab olishi kutilmoqda.
Shu jumladan, istiqbolli yoʻnalishlar va takliflarni ishlab chiqish maqsadida qoʻshma ishchi guruhni tuzish, xususan, Energetika vazirligi korxonalariga maslahatchilar sifatida, shuningdek, rahbarlik lavozimlariga oʻtish davridagi energetika sohasini isloh qilish borasida tajribaga ega yevropalik ekspertlarni jalb qilish koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring