Oʻz kelajagim uchun ovoz berdim
Termiz tumanida ham saylovchilar oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishmoqda.
Tumanda 64 ming 211 nafar saylovchi boʻlib, shundan 18 yoshga toʻlgan, saylovda ilk marta ishtirok etayotgan yoshlar 877 nafarni tashkil etadi. Siyosiy tadbirda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari faol ishtirok etishmoqda.
— Men ham mamlakatimizdagi boshqa tengdoshlarim qatori saylovda qatnashib, oʻzim tanlagan nomzodlarga ovoz berdim, — deydi Barchinoy Yoʻldosheva. — Bu jarayondagi ilk ishtirokim hayotimdagi eng quvonchli dam hisoblanib, menda el-yurt kelajagiga boʻlgan daxldorlik tuygʻusini mustahkamladi. Men oʻz kelajagim uchun ovoz berdim.
Saylov uchastkasiga kelolmaydigan, uyda yotib qolgan bemorlar, keksa yoshdagi fuqarolarning xonadonlariga borilgan holda ovoz berishlariga imkon yaratilgan.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring