“Otalar soʻzi” boshlovchisi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda “Milliy” telekanali xabar berdi.
Mirabbos Mirzaahmedov 1941-yil 30-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini 1965-yilda boshlagan.
U “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Dunyoning ishlari”, “Inson sadoqati”, “Billur qandillar”, “Eʼtirof” kabi ellikdan ziyod videofilmlarni, “Buni hayot deydilar” turkum koʻrsatuvlarini tasvirga olishda bosh-qosh boʻlgan.
Mirzaahmedov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Doʻstlik” ordenlari bilan mukofotlangan. U umrining soʻnggi kunlarigacha – qariyb 9-yil davomida “Milliy” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Otalar soʻzi” dasturining boshlovchisi va badiiy maslahatchi sifatida ishlagan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring