“Ostona–Samarqand” temir yoʻl yoʻnalishi ochiladimi?
Qozogʻistonning Ostona shahrida “Yoʻlovchi tashish” va “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyatlari yigʻilish oʻtkazdi. Unda sheriklik va hamkorlikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Muzokaralar yakunida turistik poyezdlarning harakatlanishi toʻgʻrisida kelishuv imzolanib, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzildi. “Jibek joli” sayyohlik poyezdi qatnovining yoʻlga qoʻyilishi birinchi qadamlardan biri boʻldi.
Tomonlar, shuningdek, yangi xalqaro yoʻnalishlar, jumladan, “Ostona-Samarqand” yoʻnalishini ochish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar. Bu davlatlar oʻrtasida turizm rivoji uchun “ildam qadam” boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston taklifi bilan “Olmaota–Toshkent” yoʻnalishidagi 1/2-sonli poyezdning harakatlanish jadvali qayta koʻrib chiqilib, yoʻlovchilar uchun joʻnab ketish va kelish vaqtlari yanada qulaylashtirildi.
Avvalroq Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yangi temir yoʻl, “Darbaza–Maqtaaral”ni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.
Yangi liniya Oʻzbekiston bilan chegara orqali yuk tashish hajmini oshirish hamda “Sariagʻash–Toshkent” chegara oʻtkazish punkti yukini kamaytirishga qaratilgan boʻlib, loyiha qiymati 545,7 million dollarga baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring