“Osmondagi qiz” badiiy filmi suratga olinadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi DUK tomonidan “Osmondagi qiz” murakkab postanovkali badiiy filmini suratga olishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Ushbu film poytaxtimizdagi “Tashkent city” majmuasining qurilishi va unda ishtirok etayotgan minorali kran operatori Nargizaning hayot yoʻli haqida hikoya qiladi.
Film postanovachi rejissyori Anvar Madraimov, ssenariy mualliflari Adil Koptan va Yan Milenin, badiiy rahbar Rashid Malikov.
Poytaxtliklar va poytaxt mehmonlarining koʻpchiligi “Tashkent City”ning katta taassurot uygʻotadigan bu qurilishiga qarab, bunchalik ulkan loyihani amalga oshirish naqadar qiyin ekanligi haqida oʻylab koʻrmagan boʻlsa kerak.
Mislsiz vazifalar va katta mehnat talab etadigan bu maskanda tashabbuskor yoshlar, gʻayratli va mehnatsevar mutaxassislarning fidoyi mehnati mujassam. Film qurilish ishtirokchilarining fidokorligini namoyon etib beradi hamda tomoshabinlarga “Tashkent City”ning asl koʻlamini anglatib, uni toʻliq his etishga yordam beradi.
Shuningdek, film yurtimizda ayollar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini koʻrsatib beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring