Osiyo boksida eng yaxshi murabbiy va bokschilar eʼlon qilindi
Bunda 3 nafar oʻzbekistonlik oʻz yoʻnalishlarida tengsiz deb topilgan.
Osiyo boks konfederatsiyasi yil yakunlari boʻyicha eng yaxshilarni eʼlon qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bergan.
“Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev qitʼa boksida eng yaxshi ustoz deb topildi. Shuningdek, kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempioni Feruza Kazakova U22 yosh toifasida, oʻsmirlar oʻrtasida qitʼa chempioni Maftuna Yangiyeva ham oʻz yosh toifalarida eng yaxshi deb eʼtirof etilgan”, deyiladi xabarda.
Qolaversa, Osiyo boks konfederatsiyasi Oʻzbekiston terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qitʼa sharafini munosib himoya qilgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Taʼkidlash joiz, Toʻlqin Qilichev “Milliy sport mukofoti-2024” tanlovida ham “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyada gʻalaba qozongan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring