Oracle asoschisi Larri Ellison Bloomberg reytingida Ilon Maskni ortda qoldirdi

Amerikalik Oracle kompaniyasi asoschilaridan biri Larri Ellison Bloomberg’ning milliarderlari reytingida ilk bor dunyoning eng boy odami bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Oracle aksiyalari o‘sishi hisobiga Ellisonning boyligi atigi bir sutkada 101 milliard dollarga ko‘payib, 393 milliard dollarga yetdi. Bu Bloomberg milliarderlari indeksida bir kunda qayd etilgan eng katta o‘sish sifatida tarixga kirdi.
Shu tariqa, Ellison boyligi 385 milliard dollar deb baholanayotgan Tesla rahbari Ilon Maskni ortda qoldirdi. Biroq Forbes reytingida Mask hali ham dunyoning eng boy kishisi bo‘lib qolmoqda. Nashr uning boyligini 463 milliard dollarga baholagan.
Oracle aksiyalarining keskin oshishiga kompaniya bulutli texnologiyalar biznesi bo‘yicha ijobiy prognoz sabab bo‘ldi. So‘nggi chorakda bulutli infratuzilmadan tushgan daromad o‘tgan yilga nisbatan 55 foizga ko‘payib, 3,3 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy moliyaviy yilda esa ushbu ko‘rsatkichning 77 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Oracle — transmilliy Amerika korporatsiyasi bo‘lib, korporativ axborot tizimlari uchun dasturiy ta’minot va server uskunalari ishlab chiqaradi hamda sotadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring