Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni bir yil saqlash talabi joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan markazning asosiy vazifalari belgilanmoqda:
- tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni taʼminlash;
- tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
- litsenziatlarning litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
- «xavfsiz tibbiyot» standartlarini joriy qilish va boshqalar.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy qilinmoqda:
- statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilganda quyidagi xodimlar boʻlishi lozim:
- ixtisosligi boʻyicha kamida birinchi malaka toifaga eta boʻlgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog;
- xirurgiya ixtisosligi boʻyicha malaka toifaga ega boʻlgan assistent vrach;
- kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi;
- operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar oʻrnatilgan boʻlishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring