“OpenAI“ning ”Q-Star“ sunʼiy intellekt modeli haqida birinchi maʼlumotlar paydo boʻldi

18:26 13 Dekabr 2023 Dunyo
270 0

“OpenAI“ning yangi mahsuloti, maxfiyligiga qaramay, allaqachon mashhurlikka erishgan. Mutaxassislarning fikricha, ”OpenAI“ deb nomlangan loyiha sunʼiy intellekt sohasida katta burilish boʻladi.

“Q-star Q Learning“ uslubida oʻqitiladi, yaʼni bu unga jazo va mukofotlar orqali oʻz harakatlarining toʻgʻriligini tushunish imkonini beradi. Ushbu yondashuv neyron tarmoqqa uning oʻziga xos harakati toʻgʻri yoki xatoligini anglashga yordam beradi.

Shuningdek, u bir nechta mavjud yechimlardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan qidiruv algoritmi boʻlgan “A-star Search“ yordamida ham oʻqitiladi. Algoritm muammoni hal qilishning eng qisqa yoʻlini topish qobiliyati bilan mashhur.

“Q-Star“ loyihasi haqida hozircha juda kam maʼlumotlar mavjud, u insoniyat uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Biroq boshqa tomondan, uning qobiliyatlari taraqqiyotda katta rivojlanishga ham olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер