Onlayn: “PROlogue” xalqaro kinofestivali oʻz ishini boshladi
Foto: "Xalq so'zi Online"
“Xalq soʻzi Online“/Hasan Toshxoʻjayev. 27 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida “PROlogue” xalqaro kinofestivali doirasida “Oʻzbek kinosining tarixi” fotokoʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Mazkur koʻrgazmadan 70 ta surat oʻrin olgan boʻlib, unda oʻzbek kinosi rivojlanishining olti davrida tasvirga tushirilgan badiiy filmlardan lavhalarni koʻrish mumkin. Masalan, 1925 yili “Sharq yulduzi” kinofabrikasi nomi ostida faoliyat boshlagan hozirgi “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan ilk oʻzbek badiiy filmlari - “Oʻlim minorasi” (rej. K. Yormatov), “Ikkinchi xotin”, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillaridan to oʻtgan asrning 60-yillariga qadar boʻlgan fursatda yaratilgan “Qasam” (ilk oʻzbek ovozli filmi), “Boy ila xizmatchi”, 60-70-yillarda suratga olingan “Mahallada duv-duv gap”, “Toshkent - non shahri”, 70-80-yillarda tasvirga tushirilgan “Shum bola”, “Yettinchi oʻq”, qayta qurish davrining oʻziga xos jihatlari ochib berilgan “Siz kimsiz?”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, qolaversa, mustaqillik yillarida yaratilgan “Vatan”, “Sabot” singari kinofilmlar lavhalaridan bahra olish mumkin.
Gʻayrat Moʻminov tomonidan tayyorlangan ushbu fotokoʻrgazma 29 noyabrga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirilayotgan “PROlogue” IV Xalqaro kinofestivalining asosiy tadbirlari joriy yilning 27-30 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Premier Hall Cinema” kinoteatri va Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring