Ona diyor – ranglar jilosida
Fargʻona shahri hududidagi Ekoshaharda mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlab viloyat kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida “Ona diyor – ranglar jilosida” mavzusida rasmlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida fargʻonalik taniqli rassomlar va yosh isteʼdodlar ishtirokida mahorat saboqlari oʻtkazildi. Qatnashchilar koʻz oʻngida yangi ijodiy mahsulotlar yaratilib, qiziquvchilarga bayram sovgʻasi sifatida tuhfa etildi.
— Yoshlarning asarlarida Vatan, bolalik, milliy qadriyatlar, koʻhna tarix va bugungi farovon hayot koʻrinishlari mahorat bilan tasvirlandi, — deydi tajribali rassom Otabek Shokirov. — Rang va tasvirlar uygʻunligi, kelajagimiz vorislarining keng bilimi va dunyoqarashi, ijodiy salohiyati eʼtiborga molik.

Rasmlar koʻrgazmasi yakunida eng sara ijod namunalari mualliflari taqdirlandi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring