Ona diyor kuychisi
Gʻ.Otajonov/“Xalq soʻzi”. Toʻrtkoʻl tumanida Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Turkmaniston va Tatariston xalq artisti, davlat mukofoti sohibi, mohir sozanda va xonanda Otajon Xudoyshukurovning 80-yillik yubileyi munosabati bilan “Ona diyor kuychisi” nomli respublika koʻrik-tanlovi va madaniy tadbirlarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orыnbayev ishtirok etib, O.Xudoyshukurovning yurtimiz sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi haqida gapirib oʻtdi. Shuningdek, ushbu respublika tanlovi ishtirokchilariga omad tiladi.
Tantanali tadbir avvalida, madaniyat saroyi oldidagi Otajon Xudoyshukurov byusti poyiga gulchambar qoʻyildi. Bundan soʻng madaniy tadbirlarning ochilish marosimi oʻtkazildi.
Unda Otajon Xudoyshukurov yoqimli ovozi, betakror isteʼdodi bilan nafaqat yurtimizda, balki Markaziy Osiyoda mashhur boʻlgani, qisqa umri davomida milliy madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qoʻshgani va uni dunyo xalqlariga tanitishda faollik koʻrsatgan sanʼatimizning yirik namoyandalaridan biri boʻlgani alohida taʼkidlandi.
Madaniy tadbirlar “Ona diyor kuychisi” nomli respublika koʻrik-tanlovi, sanʼat va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.






Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring