Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi

19:20 30 May 2023 Jamiyat
495 0

Bugun yaʼni 2023-yilning 30-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi. Qabulga 30 dan ortiq fuqarolar kelib, oʻz ariza va murojaatlarini qoldirishdi.

Fuqarolar murojaatlarida ijtimoiy yordam olish, uy-joy, ishga tiklash, sud hukmidan norozilik, jazoni ijro etish muassasasiga monitoring oʻtkazish, davlat tashkilotlari rahbarlari qabuliga kirish va boshqa masalalar koʻtarildi.

Ombudsman qabuliga kelgan har bir murojaatchi qabul qilindi. Ombudsman vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaat qilmoqchi boʻlgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Qayd etish lozimki, koʻpincha Ombudsman qabuliga boshqa shaxs nomidan murojaat qoldirmoqchi boʻlgan shaxslar ham keladi. Eslatib oʻtamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunining 6 moddasida murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi shartligi belgilangan. Shuning uchun bu kabi hollarda  murojaat qoldirmoqchi boʻlgan shaxs, murojaat egasining nomidan harakat qilish uchun “ishonchnoma”ni (advokatlar orderni) taqdim etishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, fuqarolar toʻgʻridan-toʻgʻri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер