Oltinsoyda “Yoshlar va turizm” koʻchasi ochildi
Oltinsoy tumanida iqtisodiy faollik va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻlida yana bir qadam tashlandi. Boʻston mahallasida “Zarbdor tajribasi” asosida tashkil etilgan, tunu kun faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” koʻchasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Umumiy uzunligi bir kilometr boʻlgan ushbu zamonaviy koʻchada savdo, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish nuqtalari, aholi hordiq chiqarishi uchun maskanlar hamda bolalar oʻyin maydonchalari barpo etildi. Loyiha orqali yangi ish oʻrinlari yaratildi, tadbirkorlik muhiti yanada faollashdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, mahalliy yoshlar va tadbirkorlarning yangi loyihalari bilan tanishdi.

— Bu loyiha tumanimizga yangi hayot nafasini olib kirdi, — deydi oʻqituvchi Bahrom Mengnorov. — Bu yerda yoshlar, tadbirkorlar va aholi bir maydonda birlashadi. Shuning oʻzi yurtimizdagi ezgu oʻzgarishlarning timsolidir. Eng muhimi, bunday maskanlar yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada kuchayadi.
Oltinsoydagi bu tashabbus nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki yoshlar bandligi va turizmni jonlantirishga ham katta turtki boʻladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring