“Oltinni koʻp ushlab turishimiz kerak emas, uni pul keltiradigan narsalarga tikish lozim” — Moliya vaziri oʻrinbosari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank mutasaddilari ishtirokida “Davlat qarzini samarali boshqarish” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 23,5 foiziga teng boʻlgani maʼlum qilindi. Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi Jasur Qarshiboyev yil boshida 9,9 milliard boʻlgan davlat tashqi qarzi 6 oyda qariyb 13,1 milliard dollarga oʻsganini taʼkidladi. Aytilishicha, qarzlarning ayrimlari uzoq va oʻrta muddatlarga olingan, qolaversa, imtiyozli davrda foiz stavkasi toʻlanib, qarz summasi toʻlanmaydi.
Muloqot davomida jurnalistlar xalqaro rezervlardagi kapital va uni boshqarish samaradorligi haqida savol berdi.
“Markaziy bank respublika nomidan xalqaro rezervlarni boshqaradi, — dedi Moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isoqov. — Oʻzbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 22 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta koʻrinishida. Faqat banklarga depozit qoʻyavermasdan bosqichma-bosqich moliyaviy bozorlarga chiqishni ham yoʻlga qoʻyish kerak. Chunki shu orqali depozitlardan koʻra koʻproq foyda olib kelish imkoniyatlari mavjud. Oltinni ham aslida koʻp ushlab turishimiz kerak emas. Oltin oʻzi koʻp, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi. Oltinni pul keltiradigan, foiz hisobida foyda keltiradigan narsalarga tikish kerak”.
Qayd etilishicha, 30-iyun holatiga koʻra, davlat ichki qarzi 5,4 milliard dollar ekvivalentini tashkil etgan. Shundan 97 foiz qarz hukumat tomonidan kafolatlangan. Qolgan 3 foiz qarz esa hukumat tomonidan jalb etilgan.
“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari tijorat banklari orqali katta davlat tashkilotlariga yoʻnaltirilgan, — dedi Odilbek Isoqov. — Shu vaziyatda davlat qarz “risk”lariga kafolat bergan. Garchi hukumat puli davlat tashkilotiga ketsa-da, biz buni qarz, deb tan oldik. Har qanday “risk”da mablagʻlarni davlat toʻlab berishi kerak“.
Mutasaddilar oʻtgan yildan buyon davlat ichki kapital bozorda obligatsiyalarni sotuvga chiqarganini aytib oʻtdi. Joriy yilda obligatsiyalar orqali 1-3 yil muddatga 850 milliard soʻmlik qarz olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring