Oltinkoʻlda chigit ekish boshlandi

09:22 12 Mart 2020 Jamiyat
1695 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Andijon viloyati respublikamizning nisbatan havosi salqin hududi hisoblanadi. Shu bois chigit plyonka ostiga ekiladi. Shunda ham mamlakat miqyosida birinchilardan boʻlib yerga urugʻ qadalmasa hosil yigʻish paytida yer chizib qolish hech gap emas.

Yaxshi niyatlar va maqsadlar bilan boshlangan navbatdagi paxtachilik mavsumi viloyatning Oltinkoʻl tumanidan boshlandi. Piru-badavlat otaxonlarimizning duosi bilan egatlarga chigit ekildi.

“Har yili chigit ekishdan avval udumlarimizga binoan ehson uyushtiriladi,-deydi mehnat faxriysi Qobil ota Nishonov. –Bu yil ham tumanning “Oltinkoʻl vodiy gulshani” fermer xoʻjaligida jamuljam boʻldik. Paxtakorlarimiz haqiga duo qildik”

Ish dastavvalida paykal boshida otryad rahbarlariga 4 million soʻmdan ish haqi tarqatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?