Olmaliqda mansabdor shaxs pora olayotganda ushlandi

13:16 29 Noyabr 2023 Jamiyat
257 0

Fuqaro S.J. Toshkent viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir jarayonida Davlat kadastrlar palatasi Olmaliq shahar filiali bosh muhandisi A.I. Olmaliq shahrining Xonobod koʻchasida joylashgan 0,28 gektardan iborat yer uchastkasini 3 qismga boʻlib berish hamda har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 000 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora sifatida talab qilib, oldindan 1 800 AQSH dollarini olib, keyinchalik qolgan 2 200 AQSH dollarini ariza muallifidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер