Olisdagi ovul maktabi yangilandi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyati markazidan chamasi 160 kilometr uzoqlikda, Qizilqum sahrosi bagʻrida joylashgan Churuq ovuli yoshlarining sifatli taʼlim olish borasidagi imkoniyatlari kengaydi. Shofirkon tumani hududidagi ushbu maskanda 39-umumtaʼlim maktabining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.

Buning uchun mahalliy byudjetdan 1,5 milliard soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi. Natijada bir paytlar yogʻochdan qurilgan bino oʻrnida 90 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan shinamgina oʻquv dargohi qad rostladi. Muhimi, oʻgʻil-qizlarning keng va yorugʻ sinfxonalarda tahsil olib, zamonaviy bilimlarni egallashi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratildi. Oʻquv binosini foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda buni tuman masʼullari qatorida maktab direktori Maman Sulaymonov ham alohida taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Churuq ovulida qozoq millatiga mansub 270 nafarga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bu yerda ularning salomatligini muhofaza qilish uchun tibbiy maskan, roʻzgʻor tashvishlarini yengillashtirish uchun savdo shoxobchasi ishlab turibdi. Shuningdek, churuqliklar mobil aloqa tizimi bilan ham taʼminlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring