“Tahoe”, “Trailblazer” avtomobillari, 3 xonali kottedjlar, 2 xonali kvartiralar. Olimpiya oʻyinlari gʻoliblariga Prezident sovgʻalari topshirildi
Avvalroq, oʻzbekistonlik olimpiadachilarni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Ayni damda Olimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozongan sportchilarga Oʻzbekiston Prezidenti sovgʻalari topshirildi.
Xususan, Olimpiya oʻyinlari chempionlari Ulugʻbek Rashitov, Akbar Joʻrayev va Bahodir Jalolovga “Tahoe” avtomobillari hamda 4 sotixli 3 xonali kottedjlar kalitlari topshirildi.
Olimpiya oʻyinlarida bronza medallari sovrindorlari Davlat Bobolov va Bekzod Abduraxmonovlarga 2 xonali kvartiralar hamda “Trailblazer” avtomobillari topshirildi.
Alohida taʼkidlash kerakki, barcha uylar poytaxt Toshkentda joylashgan.
Shuningdek, oltin uchun 200 ming AQSH dollari, bronza uchun 50 ming AQSH dollari pul mukofoti ham beriladi.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring