Olimlar qizil (lahm) go’shtni inson salomatligi uchun xavfli deb topishdi
Qizil (lahm) go’sht iste’moli oshqozonda saraton paydo bo’lish xavfini vujudga keltirishi mumkin ekan.
Buni Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari o’z tadqiqotlarida aniqlashdi.
“Bizning tadqiqot nafaqat qizil go’sht iste’moli oshqozonning aniq qismlariga ta’sir qilishini oydinlashtiradi, balki ko’plab odamlarning bu boradagi ovqatlanish odatlari haqida ma’lumot yig’ish muhimligini ko’rsatadi”, — deya yozadi “RIA Novosti” axborot agentligi universitet tadqiqotchilari fikriga tayanib.
Zero, shifokorlar 17 yil davomida kuzatib borgan 32 ming nafar britaniyalik ayollarning ovqatlanish odatlari o’rganilganda, ularning 335 nafarida yo’g’on ichak saratoni, 119 nafarida to’g’ri ichak saratoni borligi aniqlangan.
Parranda, baliq go’shtini tanovvul qilib keladiganlar yoki vegetariancha parhez tutadiganlarda saraton kasalligi rivojlanish xavfi past ekanligi ma’lum bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, 22 mart kuni Rossiyaning Arxangelsk viloyatidagi Shimoliy federal universiteti olimlari qayin po’stlog’idagi modda saratonga qarshi kurasha olishini e’tirof etishgandi.
Mazkur universitet mutaxassislari ma’lumotiga ko’ra, yuqorida nomi tilga olingan daraxt po’stlog’i tarkibidagi pentatsiklli(besh tsiklli) triterpenoidlar antibakterial, antivirus, haroratni tushirish va jarohatlarni tuzatish xususiyatlariga ega ekan. Shuningdek, ular jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi, deb yozgan edi iz.ru.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring