Olimlar kuniga qancha vaqt televizor koʻrish yurakka zarar yetkazmasligini aniqlashdi
Illyustrativ foto
Gonkong universiteti olimlari yurak xuruji, insult va aterosklerozdan himoyalanish uchun televizor tomosha qilish vaqtini kuniga bir soat bilan cheklash zarurligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari “Journal of the American Heart Association” jurnalida chop etildi.
Ateroskleroz arteriyalar devorlarida yogʻli “boʻtqa” shakllanishi tufayli yuzaga keladi. Tomirlarning torayishi va bunday “boʻtqa” ajralishi yurak kasalligi, qon-tomir va periferik arteriya kasalliklarini qoʻzgʻatishi mumkin.
2-toifa qandli diabet va harakatsiz turmush tarzi aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy xavf omillari hisoblanadi.
Sogʻligʻingizga zarar yetkazmasdan qancha vaqt televizor koʻrishingiz mumkinligini bilish uchun olimlar 2-toifa diabetga turli genetik moyilliklarga ega boʻlgan 346 916 nafar britaniyalik kattalar ishtirokida tadqiqot oʻtkazdilar. Har bir koʻngilli uchun ushbu kasallikning rivojlanishi uchun poligenik xavf indeksi 138 genetik variant asosida hisoblab chiqilgan.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, kuniga ikki soatdan ortiq televizor tomosha qilganlar aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklaridan 12 foizga koʻproq azob chekishgan. Bu taʼsir diabet uchun genetik xavfdan qatʼiy nazar kuzatildi.
Bundan tashqari, qandli diabetga moyil boʻlgan ishtirokchilar kuniga bir soatdan koʻp boʻlmagan televizor koʻrishsa, ateroskleroz rivojlanish xavfi yuqori emasligi aniqlandi.
Olimlarning aytishicha, oʻtirish vaqtini qisqartirish aholi salomatligini yaxshilashning muhim vositasidir. Bunday sogʻlom odat “yomon genetika” taʼsirini zararsizlantirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring