Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingini yuritishning yangi tartibi belgilanmoqda
Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingini yuritishning yangi tartibi belgilanmoqda. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirilgan.
Milliy reyting 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuritilishi belgilangan. Milliy reytingda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tashkil etilganligiga uch yil toʻlgan va bitiruvchilarga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari ishtirok etadi. Bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mustasno hisoblanadi.
Milliy reyting oliy taʼlim tashkilotlarining kontingentiga qarab, ularni toifalarga ajratgan holda yuritiladi. Oliy taʼlim tashkilotlari ijtimoiy-gumanitar fanlar, amaliy fanlar, tibbiyot fanlari va ijod (sport) oliy taʼlim tashkilotlari toifalarga ajratiladi. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan kiritiladigan maʼlumotlar maxsus platformaga har yili 1-fevralga qadar kiritilishi lozim boʻladi.
Milliy reyting natijalari har yili 31-oktyabrga qadar eʼlon qilinadi.
Quyidagi jadvalda oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi mezonlari bilan tanishishingiz mumkin:

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring