Oliy ibrat namunasi
Ulugʻ ajdodlarimiz tilimiz ravnaqi, uning qadr-qimmati uchun doimo kurashgan. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lugʻatayn” asarida tilimizning naqadar boy va serqirra, nafis va serjilo ekanini, hech bir tildan kam emasligini isbotlagan. Ana shunday bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni boyitish, nufuzini yanada oshirish har birimizga katta masʼuliyat yuklaydi.
Binobarin, oʻzbek tilining oʻziga xos nafosatini tarannum etishda, qadri va mavqeni jahon uzra yuksaltirishda ulugʻ shoir, mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning beqiyos hissasi asrlar osha eʼtirof etilishi barobarida kelajak avlodlar uchun ham ona tilimizni asrash va eʼzozlashda oliy ibrat namunasi boʻlib qoladi.
Guliston shahrining Alisher Navoiy nomli maskanida boʻlib oʻtgan, Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanasi ham buyuk ajdodimizga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Ishtirokchilar mazkur maydondagi hazrat Alisher Navoiy siymosi poyiga gullar qoʻydilar.
Soʻngra bayram tadbiri “Yoshlar markazi”da davom etdi.
Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan tadbirlar joylarda, oʻquv muassasalari, turli tashkilot va korxonalarda ham boʻlib oʻtmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining Sirdaryo viloyat boʻlimlari hamkorligida Guliston davlat universitetida “Internet nashrlarida davlat tili qoidalariga rioya etilishi” tahliliga bagʻishlangan davra suhbati tashkil qilindi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring