Oksana Chusovitina sportga qaytdi
Gimnastikachi Oʻzbekiston uchun medalsiz keta olmasligini aytdi.
46 yoshli Oksana Chusovitina sportga qaytishini eʼlon qildi.
“Hammaga aytmoqchimanki, men 2022-yilgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishga qaror qildim. Men oʻz karyeramni Oʻzbekiston uchun medalsiz tugata olmayman”, - deb yozgan gimnastikachi oʻz Instagram'dagi sahifasida.
Oksana Chusovitina sakkizta Olimpiya oʻyinlaridan keyin olimpiadadagi faoliyatini yakunlagandi.
“Bugun men ham baxtliman, ham baxtsizman, chunki men bu sakrashni qildim. Men finalga chiqdimmi yoki yoʻqmi, muhim emas, lekin men xayrlashdim. Yuragim biroz ogʻrigan boʻlsa-da”, - degan edi Chusovitina.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oksana Chusovitinaning mahorat maktabi tashkil qilinishi aytilgandi hamda Shavkat Mirziyoyev Oksana Chusovitinani “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoni bilan taqdirlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring