OKMK oʻrtoqlik oʻyinida "Navbahor"ni magʻlub etdi

10:42 27 Mart 2026 Sport
177 0

Kecha, 26-mart kuni Oʻzbekiston milliy futbol markazi stadionida Namanganning "Navbahor" va Olmaliq shahrining OKMK klublari oʻzaro oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Bu haqda OKMK klubining matbuot xizmati xabar berdi.

"FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK FK bugun Toshkentda “Navbahor” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida raqibni magʻlub qildi. Jamoamiz gollariga Ali Abdurahmonov va Rian Islomov mualliflik qilishdi. "Navbahor"ning javob goli esa Shohmalik Komilov hisobiga yozildi", — deyiladi Olmaliq klubi bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, ushbu jamoalar oʻz stadionlari mavsumga tayyor boʻlmagani sababli oʻzaro kelishgan holda oʻyinlarini Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida oʻtkazib kelishayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?