Ohangaron hokimi ish vaqtidan keyin hamda bayram kunlarida yigʻilish qilayotgani aytildi

00:23 02 Avgust 2024 Jamiyat
512 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi ish vaqtidan keyin hamda bayram kunlarida yigʻilish oʻtkazayotgani haqida xabarlar muhokamalarga sabab boʻldi. Biroq xabar mutasaddi tashkilot tomonidan qilayotgani rad etildi.

Qayd etilishicha, 1-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron tumani maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan xodim tomonidan tuman hokimi kechki 18:00 dan keyin yoki bayram kunlarida yigʻilish tashkil qilib, soliq toʻlovchi borasidagi maʼlumotlar bilan kelish talab qilinayotgani haqida xabar tarqatilgan.

Mazkur murojaat boʻyicha viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganish olib borildi. Oʻrganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan holat oʻz tasdigʻini topmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер