Odam savdosi: aksariyat aybdor ham, jabrlanganlar ham ayollar
Odam savdosi – yangi asrimizning eng katta muammolaridan biri sifatida mamlakatimizda ham minglab kishilarning salomatligi, taqdiri va ijtimoiy erkinligiga tahdid solib turibdi.
Mazkur masala Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Navoiy viloyati hududiy komissiyasining joriy yil toʻqqiz oyi mobaynida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi vazifalariga bagʻishlangan yigʻilishida muhokama etilarkan, hududda unga qarshi murosasiz kurash, fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ishchi xodimlarni mehnat huquqlarini taʼminlash borasida tizimli ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi. Xususan, oʻtgan yili 2023-yilga nisbatan odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarda ayollar ishtiroki, majburiy mehnatga jalb etish holatlari kamayganligi bu borada olib borilgan tadbirlar oʻz samarasini berayotganligini ifoda etmoqda.
Biroq shu davr ichida odam savdosi bilan bogʻliq murojaatlar, chaqaloq savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning ortganligi ushbu yoʻnalishlardagi tadbirlar samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi.
— Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarda ayblangan shaxslarning sakson foizdan ortigʻini ayollar tashkil etishi saqlanib qolmoqda, — deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi odam savdosi qarshi kurashish boʻlinmasi boshligʻi Xurshid Poʻlatov. — Koʻrinib turibdiki, ayollar nafaqat asosiy jabrlangan shaxslar, balki jinoyatchi deb topilayotgani, chaqaloq savdosi boʻyicha ham jinoyat ishlarida asosiy aktor sifatida bolaning onasi yaʼni ayollar jinoyatchi deb topilayotganligi ushbu yoʻnalishlardagi ishlar natijadorligini oshirishni taqozo etadi.
Komissiya yigʻilishida odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishning ahvoli, targʻibot tashviqot tadbirlarining samaradorligi oshirish, munosib mehnat sharoitlarini oʻrganish boʻyicha natijalar muhokama etildi.
Shuningdek, sohada amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar, hududiy komissiya va ularning aʼzolari bilan odam savdosi va munosib mehnat masalalari nafaqat bir davlat hududi, balki transmilliy xususiyati va boshqa kompleks jihatlaridan kelib chiqib, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
Yigʻilishda Milliy komissiyaning Navoiy viloyatiga biriktirilgan aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etdi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring