“Nuroniy“ gazetasining “Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning roʻyxati berilgan maxsus soni chop etildi

Oʻzbekiston nuroniylarining ijtimoiy-ommabop gazetasi “Nuroniy”ning maxsus soni nashrdan chiqdi. Unda 2025-yil “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning umumiy roʻyxati berilgan.
“Eʼzoz, ehtirom va eʼtirof qutlugʻ boʻlsin, aziz nuroniylar!” qutlovi bilan boshlanadi maxsus son.
Davlatimiz rahbarining quyidagi dil soʻzlari gazeta mazmun-mohiyatini ochib beradi: “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Mamlakatimizda yoshi ulugʻ insonlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, salomatligini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni eʼzozlagan kam boʻlmaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4906-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashi mamlakatimizda oʻz mehnati, obroʻ-eʼtibori bilan jamoadoshlari, mahalladoshlari orasida hurmat-ehtiromga ega bir guruh zamondoshlarimizni “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.
“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan barcha vatandoshlarimizni chin dildan qutlaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring