“Notariuslar korrupsiyaga qarshi!” tanlovining gʻoliblari aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Oʻzbekiston notariat tizimida oʻtkazilgan “Notariuslar korrupsiyaga qarshi!” koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari Umida Toʻxtasheva, Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov soʻzga chiqib, notariat sohasida olib borilgan islohotlar tufayli notariat sohasi shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylanib borayotganini, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarni davom ettirish lozimligi taʼkidladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Notarial palatasi va “Notarius maslahati” gazetasi rahbar va xodimlaridan iborat Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra tanlovda Andijon viloyati, Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Nodirbek Xonaliyev birinchi oʻringa loyiq koʻrildi. Chirchiq shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi Xilola Gʻaniyeva ikkinchi, Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Muhammad Bobir Tursunqulov esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Notarial palatasi mamlakatimizdagi nodavlat notijorat tashkilotlari orasida birinchi boʻlib ISO 37001:2016 sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.
Maʼlumot uchun: ISO 37001:2016 standarti – bu xalqaro darajada qabul qilingan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi hisoblanadi. U tashkilotlarda pora olish va berish holatlarini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish uchun samarali nazorat va boshqaruv mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring