Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi
“Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar oʻrinbosari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratilishi boʻyicha masʼul etib belgilanadi.
2025-yil 1-yanvardan:
- vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni oʻtkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini taʼminlaydi;
- vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida oʻqitiladi.
2024-yil 1-oktyabrdan:
- shahar yoʻlovchi transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat koʻrsatiladi;
- I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha boʻlgan miqdorda) qoplab beriladi.
Shuningdek, ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring