Nodirbek Abdusattorov 100 ming AQSH dollari ishlab olishi mumkin
Ruminiyaning Buxarest shahridagi “Grand Hotel Bucharest” mehmonxonasida yilning eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri boʻlib oʻtadi. Ushbu turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini oʻzida jamlagan turnir “Superbet Chess Classic 2024” deb nomlanadi va u “Grand Chess Tour”ning bir qismi hisoblanadi.
Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollari boʻlib, 26-iyundan 5-iyulgacha davom etadi. Musobaqa aylanma formatda, klassik vaqt nazoratida tashkil qilinadi.
Turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovdan tashqari AQSHning birinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuana, jahon shaxmat toji uchun daʼvogar Gukesh Dommaraju, Niderlandiyaning eng kuchli sportchisi Anish Giri, Hindistonning toʻrtinchi raqamli shaxmatchisi Rameshbabu Praggnanandxa, isteʼdodli fransuz shaxmatchilari Maksim Vashye-Lagrav va Alireza Firudja, FIDE bayrogʻi ostida dona suruvchi Yan Nepómnyaщiy, yana bir amerikalik sportchi Uesli So hamda mezbon Bogdan-Danyel Dyak ishtirok etadi.
“Superbet Chess Classic 2024” gʻolibi 100 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritsa, ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan shaxmatchilar mos ravishda 65 ming va 48 ming AQSH dollariga ega chiqadi.
Eslatib oʻtamiz, 5-iyundan 14-iyungacha mamlakatimizda oʻtkazilgan “UzChess Cup” turnirida Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Yoqubboyev bilan bir xil natija koʻrsatib, ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring