Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻi kengaytiriladi

“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-49-son, 31.01.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:
— nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan kreditlar boʻyicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi;
— nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida umumiy oʻrta taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga 5-yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
— 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning foyda soligʻini hisoblashda 2-yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Shuningdek yangi nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va binolar qurish uchun joylardagi hokimliklar tomonidan har yili:
➖ 1-martgacha maqbul yer uchastkalari aniqlanadi;
➖ 1-aprelgacha respublika boʻyicha umumiy maydoni 50 gektar yer uchastkasidan kam boʻlmagan manzilli roʻyxat tasdiqlash uchun Hukumatga kiritiladi;
➖ 1-maygacha tasdiqlangan manzilli roʻyxatga asosan yer uchastkalari “E-auksion” savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqariladi.
Bunda, auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan yer uchastkalari savdodan yechilmasdan boshlangʻich narxini qadamma-qadam 50 foizgacha pasaytirish mexanizmini qoʻllagan holda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring