NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazish muddati qisqartiriladi
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-martdan:
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilgan (maʼlumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha oshiriladi;
nodavlat notijorat tashkilotini qayta roʻyxatdan hamda uning ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati 1 oydan 15 kungacha qisqartiriladi;
nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi;
nodavlat notijorat tashkilotining alohida boʻlinmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bunda alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish tartibi bekor qilinadi.
Mahalliy NNTlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasi ajratiladi.
2021–2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida jami 15 ta kovorking-markazlari tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNT hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanib, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun BHMning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarini saqlash xarajatlariga hamda ularning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshirishi uchun 1,1 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring