Nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi belgilandi
“Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizomga koʻra, notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YAIDXP (my.gov.uz) yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali roʻyxatdan oʻtadi. Notarius murojaat qiluvchi(lar)ning shaxsiga aniqlik kiritadi.
Shartnomani tasdiqlashda notarius quyidagilarni aniqlaydi:
- taraflarning nikoh yoshiga yetganligini;
- taraflar oʻrtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
- taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
- ilgari shartnoma tuzilmaganligini.
Toʻlovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Shuningdek, shartnomaning barcha nusxalarini taraflar familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring