Nepal gʻarbida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 150 nafardan ortdi
Foto: GETTY IMAGES
Eng koʻp qurbonlar poytaxt Katmandudan 500 km gʻarbda joylashgan, borish qiyin boʻlgan Jajarkot va Rukum hududlarida qayd etilgan. Qutqaruvchilarga yordam berish uchun harbiy va xavfsizlik xizmatlari safarbar etilgan.
Kuchli silkinishlar Nepal poytaxti, shuningdek, qoʻshni Hindiston shaharlarida, jumladan, Dehlida ham sezilgan.
Armiya vakilining aytishicha, 100 dan ortiq odam yaralangan. Jajarkot kasalxonasi yaradorlar bilan toʻlgan.
Asosiy zilziladan keyin bir soat ichida yana uchta zilzila sodir boʻldi. Bu koʻplab odamlarning tunning qolgan qismini ochiq havoda oʻtkazishiga sabab boʻldi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalaridan olingan videolarda koʻp qavatli gʻishtli binolarning qulab tushgani aks etgan. Odamlar vayronalarni qazishmoqda, ular ostidan tirik qolganlarni topishga harakat qilishmoqda.
Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Daxal zudlik bilan zilziladan jabr koʻrgan hududga yetib kelgan. U hayot va mol-mulk yoʻqotilganidan chuqur afsusda ekanligini bildirdi va xavfsizlik xizmatlariga zudlik bilan qutqaruv hamda yordam operatsiyasini boshlashni buyurgan.
Biroq zilzila oqibatida koʻchkilar tufayli yoʻllar toʻsib qoʻyilgani uchun qidiruv-qutqaruv ishlari qiyin kechmoqda.
Jajarkot tumani politsiyasi boshligʻi Suresh Sunar nima boʻlganini toʻliq tasavvur qilish qiyinligini aytdi.
“Men oʻzim ochiq havodaman. Maʼlumot yigʻyapmiz, lekin sovuq va tungi vaqt tufayli chekka hududlardan ularni olish qiyin”, deydi u.
Nepal monitoring va tadqiqot markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 23:47da qayd etilgan.
AQSH Geologiya xizmati zilzila kuchini 5,6 magnitudaga baholadi va uning manbai sayoz chuqurlikda boʻlganini maʼlum qildi.
Nepal Himoloy togʻlarida, yuqori seysmik faollik hududida joylashgan.
2015-yilda mamlakatda ikkita dahshatli zilzila sodir boʻldi. Oqibatda 9000 kishi halok boʻldi, 22000 dan ortiq kishi jarohatlandi, 800 000 dan ortiq uy vayron boʻldi yoki zarar yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring