JCH-2018. Germaniya so‘nggi soniyalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda bir qator dramatik holatlar kuzatildi.
F guruhida birinchi turni mag‘lubiyat bilan boshlagan Germaniya terma jamoasi ikkinchi turda ham juda qiying ahvolda qolgandi. Biroq bir kishi bo‘lib qolganiga qaramasdan, nemislar so‘nggi daqiqada Toni Kroos tomonidan kiritilgan gol evaziga, g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Meksika terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
G guruhida Belgiya terma jamoasi Tunis bilan kuch sinashib, yana bir marta yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu safar belgiyaliklar 5:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
JCH-2018
F guruhi. 2-tur
Germaniya – Shvetsiya 2:1 (0:1)
Gollar: Roys (48), Kroos (90+5) – Toyvonen (32).
Germaniya: Noyer, Kimmix, Boateng, Ryudiger, Xektor (Brandt, 87), Rudi (Gyundogan, 31), Kroos, Myuller, Roys, Draksler (Gomes, 46), Verner.
Shvetsiya: Olsen, Lyustig, Lindelef, Grankvist, Augustinsson, Klasson (Durmaz, 74), Larsson, Ekdal, Forsberg, Toyvonen (Gvidetti, 78), Berg (Telin, 90).
Ogohlantirishlar: Ekdal (52), Boateng (71), Larsson (90).
Chetlatish: Boateng (82).
Janubiy Koreya – Meksika 1:2 (0:1)
Gollar: Son Hyon Min (90+3) – Vela (26, penalti), Ernandes (66).
Janubiy Koreya: Chjo Xen U, Li Yon, Chjan Hyon Su, Kim Yon Gvon, Kim Min U (Xon Chxol, 84), Chju Se Chjon (Li Syon U, 64), Ki Son Yon, Mun Son Min (Chjon U Yen, 77), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Hyon Min.
Meksika: Ochoa, Alvares, Salsedo, Moreno, Galyardo, Errera, Guardado (Markes, 68), Layyun, Vela (dos Santos, 77), Losano (Korona, 71), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon (58), Li Yon (63), Li Syon U (72), Chjon U Yon (80).
G guruhi. 2-tur
Belgiya – Tunis 5:2 (3:1)
Gollar: Azar (6, penalti, 51), Lukaku (16, 45+4), Batshuayi (90) – Bronn (18), Xazri (90+3).
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Boyata, Vertongen, Menye, de Bryuyne, Vitsel, Ferreyra Karrasko, Mertens (Tilemans, 86), Azar (Batshuayi, 68), Lukaku (Fellayni, 59).
Tunis: Ben-Mustafa, Bronn (Naggez, 24), Ben-Yussef (Benaluan, 41), Merya, Maalul, Sassi (Sliti, 59), Skiri, Kaui, Ben-Yussef, Xazri, Badri.
Ogohlantirish: Sassi (14).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring