“Neftchi” — Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi
Bugun, 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Superligasining 29-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Turni yakunlab bergan uchrashuvda “Neftchi” klubi oʻz maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi. Ushbu oʻyinda qoʻlga kiritilajak gʻalaba Vitaliy Levchenko jamoasini muddatidan oldin mamlakat chempioniga aylantirardi. Amalda ham shunday boʻldi.
Uchrashuv 3-daqiqasidayoq hisob ochildi. Bilolxon Toshmirzayevning uzatmasidan soʻng, Alisher Odilov hisobni ochdi. Oradan 15 daqiqa vaqt oʻtib, Odilovning oʻzi hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
60-daqiqada Shohruz Norqonov hisobni qisqartirdi. 65-daqiqada esa Jamshid Iskanderov hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi. 87-daqiqada esa Ibrohimhalil Yoʻldoshev oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 4:1.
Shu tariqa “Neftchi” klubi chempionat yakuniga 1 ta tur qolganda eng yaqin taʼqibchisidan 5 ochkoga olib ketdi va musobaqa gʻolibiga aylandi. Endi jamoa kelgusi mavsum Elit Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Maʼlumot uchun, bu “Neftchi” jamoasi tarixidagi oltinchi chempionlik hisoblanadi. Bungacha jamoa soʻnggi bor 2001-yilda mamlakat chempionatida gʻolib boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring