Nefrotik sindromdan ishonchli himoyalanish yoʻli topildi — tadqiqot

12:57 17 Aprel 2023 Dunyo
779 0

Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti olimlari buyrak yetishmovchiligi profilaktikasiga doir yangi usulni kashf qildi.

Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, ushbu metodika peshobda oqsil miqdori koʻpayishi va albumin darajasi pasayishi bilan namoyon boʻladigan nefrotik sindrom rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Chunki ushbu alomatlar buyraklar faoliyatini izdan chiqarishi bilan maʼlum.

Olimlar fikricha, PAR-1 retseptorlari blokatorlari orqali mazkur kasallik rivojlanishining oldini olish mumkin.

Bristol universiteti xodimlari bunday blokatorlardan foydalanish steroidlarga boʻlgan ehtiyojni bartaraf etadi, degan qatʼiy xulosada.

Qolaversa, ushbu yangilik buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotini yanada samarali davolash usuliga aylantiradi. Chunki transplantatsiya qilingan organ endi u qadar zaif boʻlmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?