Navoiyni yod etib
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Ulugʻ shoir, gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Samarqandda qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab, Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻida tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchi va shoirlar, talabalar hamda oʻquvchilar ishtirok etdilar.

Bogʻ markazida oʻrnatilgan buyuk mutafakkir haykali poyida oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Farmon Toshev, Samarqand davlat chet tillar instituti professori Dilorom Salohiy va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Xurshid Nurullayev soʻzga chiqib, Navoiy hayoti, boy madaniy merosi va uning bugungi kunda yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni haqida fikr yuritdilar. Tadbirda Navoiy asarlarining dunyo xalqlari uchun bebaho maʼnaviy meros ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shundan soʻng, Samarqand davlat universiteti va Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari tomonidan Navoiy gʻazallaridan namunalar oʻqildi. Viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahnaviy koʻrinishlar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, ulugʻ mutafakkir xotirasiga ehtirom bildirdilar.
Shuningdek, Viloyat Yoshlar markazida Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Nazm va navo” nomli badiiy kecha tashkil etildi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring