Navoiyliklar 24/7 formatdagi qulaylikka ega boʻldi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Yaqin-yaqinlarda ham xizmat koʻrsatish sohalarining tungi faoliyati aholi osoyishtaligiga tahdid sanalib, belgilangan vaqtda ularning yopilishi osoyishtalik posbonlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan edi. Hatto dorixonalar faoliyati ham shu taxlit tartibga solinardi.
Bugunning esa yoʻrigʻi boshqa — talab bormi, taklif hozir-u nozir boʻlmogʻi lozim. Navoiy shahrida shu tamoyil asosida shahar savdo kompleksi hududida 73 dona xizmat koʻrsatish obyektlaridan iborat 24/7 formatda faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish qatori ochildi.

— Mamlakatimiz Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur savdo qatorining ochilishi shahrimiz aholisi va mehmonlarining ehtiyojlarini sutkaning istalgan vaqtida qanoatlantirish bilan birga uning sayyohlik jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi, — deydi shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Oʻtkir Xaqberdiyev. — Zero, istagan vaqtida oʻz ehtiyojiga yarasha xizmat olish fuqaroning ajralmas huquqlaridan biri hisoblanib, u shuningdek, bu boradagi biznesning legallashuvi bilan ham ahamiyatlidir.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, mazkur formatda xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish Qiziltepa tumani markazidagi Alisher Navoiy mahallasining Oʻzbekiston shohkoʻchasida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilib, bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring