Navoiylik chilangar oddiy spinnerdan elektr energiyasi olish yo‘lini topdi

Yengilgina turtki bilan aylanuvchi spinner — foydali ish koeffitsenti deyarli nolga teng — oddiy ovunchoq...
Uchquduqlik yosh avtoslesar Akmal Hamroyev esa uni takomillashtirib, sarflanadigan mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish yo‘lini topdi.
Akmal Uchquduq shahridagi konchilik kasb-hunar kollejini tugallab, bugun NKMK tizimidagi avtotransport boshqarmasida avtoslesar bo‘lib ishlaydi. Ixtirolari bilan hamkasblari va tengdoshlarini hayratga solibgina qolmay, korxona faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarda o‘z novatorlik ishlanmalarini ham taklif etib turadi. Takomillashtirilgan spinner masalasiga kelsak, elektr tarmog‘idan olis hududlarda mobil telefon apparatlarini zaryadlovchi moslama sifatida foydalanish mumkin. Muhimi zaryadlash simsiz amalga oshiriladi.
Viloyatdagi muxbirimiz Temur Eshboyev tomonidan ma’lum qilinishicha, ixtirochi ayni kunlarda o‘zi yaratgan yana bir yangilik ustida izlanishlari davom ettirmoqda.Mazkur moslama aslida aksariyat oshxonalarga o‘rnatilgan oddiy havo so‘rg‘ichning o‘zginasi. Farqi shundaki, u xonadonda gaz chiqishi bilan ishga tushib, xonadon sohiblarini “Diqqat, gaz!” signali bilan ogohlantiradi.
“Moslama gaz avariyasi yuz berganda, xonadon sohibining mobil telefoniga ham ogohlantiruvchi xabar berishi lozim. Hozir shu masalada ish olib bormoqdaman. Agar uni yaratsam, shunda avariya zudlik bilan bartaraf etilib, gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldi olinadi”, - deydi A. Hamroyev.
Akmal yaratgan yana bir yangilik robot-changyutgichdir. U ultratovushlar yordamida harakatlanib, o‘z marshrutlarni aniqlaydi. Albatta, bunday dastyorlar bugungi kunda muomalada bor-ku, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, Akmal ularning barchasini o‘z qo‘lidagi arzon vositalar va muhimi o‘z intellekti yordamida yasagan. Binobarin, oddiy ixtirolar har doim buyuk kashfiyotlarga zamin bo‘lganligini unutmaslik lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring