Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

21:37 25 Fevral 2025 Jamiyat
219 0

Navoiy viloyatida 5 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyati YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 24-fevral kuni Qiziltepa tumani Toshrabot qoʻrgʻoni “Qalʼai Azizon” MFY hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatiga ega 4R-63 avtomobil yoʻlining 68-69-kilometrlari oraligʻida yuz bergan.

N.U. ismli haydovchi Malibu rusumli avtomashinasida ichki koʻchadan harakatlanib chiqayotib, birinchi darajali yoʻldan kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etgan. Shundan soʻng, ushbu mashinalar yoʻlning chekka qismida turgan “Damas”, “Nexia-3” hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalarga kelib urilgan.

Oʻrganishlar davomida mazkur YHT oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер