Navoiy viloyatida imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

18:21 25 Iyul 2023 Jamiyat
755 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.G.”,  “B.B.” va “B.T.” MCHJ masʼul shaxslari 19 nafar fuqaroning nomiga pazandachilikni tashkil qilish, tik quduq qazish uchun jami 804,8 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga taʼminotchi korxona sifatida mahsulotlarni yetkazib bermasdan ushbu mablagʻlarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?