Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi

14:48 05 Yanvar 2024 Hujjatlar
677 0

Foto: Arxiv surat

Hukumat qarori (449-son, 05.09.2023-y.) bilan Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, naslchilik xoʻjaligi maqomi talabgorning murojaatida koʻrsatilgan muayyan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayyan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yoʻnalishiga qarab beriladi.

Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YAIDXP (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.

Soʻrovnoma toʻldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:

— naslchilik zavodi, naslchilik xoʻjaligi, genofoid xoʻjaligi maqomini olishga talabgorlar uchun – soʻnggi 3 yilda oʻtkazilgan naslli mahsulotlar (materiallar) bonitirovkasi natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar nusxasi;

— nasldor chorva hayvonlarining identifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

— tegishli chorva hayvonlari turlari boʻyicha naslchilik xoʻjaligi maqomini olish uchun minimal talablarga muvofiqligi boʻyicha talabgor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar.

Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 2 baravari (660 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

YAIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 594 ming soʻmni tashkil etadi.

Vakolatli organ soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash uchun 10 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.

Shuningdek, oʻrganish vaqtida tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari ham oʻrganiladi.

Naslchilik xoʻjaligi maqomi berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Guvohnoma olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishi mumkin emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер