“Nasaf” Elit chempionlar ligasida qatorasiga beshinchi magʻlubiyatni qabul qildi

22:18 24 Noyabr 2025 Sport
298 0

Bugun, 24-noyabr kuni Elit Osiyo chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlari start oldi. Shu tur doirasida Qarshining “Nasaf” klubi oʻz maydonida Eron chempioni — Tabrizning “Traktor” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi. Regi Lushkya oʻyindagi yagona gol muallifiga aylandi.

Natijada “Nasaf” joriy mavsumdagi beshinchi oʻyinida ham magʻlub boʻlib, Elit chempionlar ligasida haligacha birorta ochko toʻplay olmadi. Jamoa turnir jadvalida 0 ochko bilan soʻnggi oʻrinni egallab turibdi.

Maʼlumot uchun, “Nasaf” ushbu musobaqadagi keyingi uchrashuvini 23-dekabr kuni Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga qarshi oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?