Namanganda yonida giyohvand modda olib yurgan shaxs ushlandi

12:50 01 Mart 2026 Jamiyat
417 0

Namangan viloyatida yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 17-fevral kuni Yangi Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan Kosonsoy tumani “Ozod” mahallasida yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan fuqaro B.I. tuman hududida toʻxtatilib, yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaro yonida ikki boʻlak, ogʻirligi 0,46 gramm boʻlgan “Gashish” giyohvandlik moddasi olib yurgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер