Namanganda “Gentra” kanalga tushib ketdi
Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida “Gentra” rusumli avtomashina kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 11-may kuni 21:12 da viloyat FVBga Yangi Namangan tumani “1-Axsikent” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Namangan” kanaliga “Gentra” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketganligi haqida xabar qilingan.
Xabarga koʻra, viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida haydovchi va avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.
Hodisa sodir boʻlgan vaqtda haydovchi oʻzining xavfsizligi uchun avtomashinaning ustiga chiqib olgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring